Kerol Miller: O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish borasida salmoqli yutuqlarga erishdik

Avgust 18, 2026. 08:10 • 2 daq

171
Kerol Miller: O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish borasida salmoqli yutuqlarga erishdik

VASHINGTON, 18-avgust. /“Dunyo” AA/. AQSH Kongressi a’zosi, O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha parlament kokusi ishtirokchisi Kerol Miller mamlakatimiz mustaqilligining 35-yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali O‘zbekiston xalqiga o‘zining samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yo‘lladi:

– Avvalo, O‘zbekiston xalqini mustaqillik shodiyonasi bilan chin ko‘ngildan tabriklayman.

O‘zbekistonga ikki marta tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lganman. Mamlakat go‘zalligi va xalqining mehmondo‘stligi menda katta taassurot qoldirgan. O‘zbekistonda ko‘plab do‘stlar orttirganman va ular bilan muntazam aloqalar o‘rnatganmiz.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni iqtisodiy va madaniy sohalarda yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezident Donald Tramp ma’muriyati davrida, jumladan, muhim minerallar sohasidagi sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma investitsiyaviy platforma orqali sheriklik bo‘yicha sezilarli yutuqqa erishilmoqda.

Bundan buyon ham hamkasblarimga AQSH–O‘zbekiston munosabatlarining ahamiyatini tushuntirish, Jekson–Venik tuzatishini bekor qilishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish borasida izchil ish olib boraman.

Kelgusida ham hamkorligimiz va do‘stligimizni hozirgidek mustahkam bo‘lishiga ishonaman.

Yana bir bor O‘zbekistonning mehmondo‘st va olijanob fuqarolarini yaqinlashayotgan istiqlol ayyomi bilan qutlayman.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish