Don Bekon: AQSH O‘zbekiston bilan sheriklik munosabatlarini doim yuksak qadrlaydi
Avgust 16, 2026. 09:10 • 2 daq
• 200
VASHINGTON, 16-avgust. /“Dunyo” AA/. AQSH Kongressi a’zosi, Amerika Qurolli kuchlar qo‘mitasi Kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari va innovatsiyalar bo‘yicha quyi qo‘mita raisi Don Bekon O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.
– O‘zbekiston xalqini mamlakat mustaqilligining 35-yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
O‘zbekistonga qilgan tashrifim Kongressdagi o‘n yillik faoliyatim davomidagi eng yorqin xotiralardan biri bo‘ldi.
Mustaqillik nafaqat suveren va erkin davlatning dunyoga kelishini anglatadi, balki o‘zbek xalqining matonati va irodasining mustahkamligidan ham dalolat beradi.
AQSH O‘zbekiston bilan sheriklik munosabatlarini doim yuksak qadrlaydi. Mamlakatingizning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi yutuqlari e’tirofga loyiq.
Demokratik institutlarni mustahkamlash, inson huquqlarini kengaytirish va xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni olqishlaymiz.
Mamlakatlarimizni mustaqillik, suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga sodiqlik birlashtirib turadi va biz kelgusi yillarda hamkorligimizni yanada kengaytirishga ishonamiz.
Mustaqillik O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va yangi umidlar olib kelsin.
Yana bir bor samimiy tabrik va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi