Podgoritsada O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etildi
Iyul 26, 2026. 13:00 • 1 daq
• 55
PODGORITSA, 26-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Chernogoriya Bosh vazirining tashqi va Yevropa ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Filip Ivanovich bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tomonlar siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turistik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Hukumatlararo komissiya tuzish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish, mehnat migratsiyasi, ta’lim, fan, madaniyat va mutaxassislar tayyorlash sohasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Transport bog‘liqligini yanada rivojlantirish va o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishning muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar O‘zbekiston va Chernogoriya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan aniq tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi