O‘zbekiston va Buyuk Britaniya inklyuziv taʼlim sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda
Yanvar 08, 2026. 09:00 • 45 soniya
• 271
LONDON, 11-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Sharqiy London universiteti qoshidagi Riks markazi direktori Gosiya Kvyatkovska bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda Buyuk Britaniya tomoni O‘zbekistonda inklyuziv taʼlim va tadqiqotlar sohasidagi yutuqlarni, shuningdek, inklyuziv taʼlimni taqdim etish va mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha muhim qadamlarni eʼtirof etdi.
Shuningdek, uchrashuvda mamlakatimizda inklyuziv taʼlim sohasida o‘qituvchi va mutaxassislar tayyorlash dasturlari va malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, markaz metodologiyasidan foydalangan holda treninglar va onlayn seminarlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Riks markazi Sharqiy London universitetining asosiy ilmiy muassasalaridan biri bo‘lib, inklyuziv tadqiqotlar, taʼlim va jamoatchilik bilan muloqot sohasida katta tajribaga ega. U nafaqat Buyuk Britaniyada, balki xalqaro miqyosda ham faol hamkorlik tarmog‘iga aylangan. Markaz taʼlim va ijtimoiy dasturlar sohasida ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlari bilan qo‘shma loyihalar ustida ish olib boradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi