O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroga keldi
Mart 27, 2026. 14:55 • 48 soniya
• 128
TOSHKENT, 27-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Tojikiston sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida ishtirok etish uchun bugun Buxoro shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisi mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni kutib oldi.
Tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga milliy qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Bugun yetakchilar qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladilar. Sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish ham ko‘zda tutilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi