O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va "BBC Media Action" o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Avgust 03, 2026. 12:00 • 2 daq

12

LONDON, 3-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi delegatsiyasining London shahriga xizmat safari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida ommaviy axborot vositalari yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish, yetakchi media tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Yurtimizning Londondagi elchixonasi ko‘magida delegatsiya uchun Buyuk Britaniyaning yetakchi media tashkilotlari – “Reuters” axborot agentligi va “BBC” mediakorporatsiyasining bosh qarorgohlariga tashriflar tashkil etildi.

Safar davomida MTRK vakillari ushbu jahonning yetakchi ommaviy axborot vositalari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari, tashkiliy tuzilmasi, tahririyat siyosati, butun dunyo bo‘ylab yangiliklarni yig‘ish va tarqatishga ixtisoslashgan muxbirlik tarmog‘i faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif doirasida “BBC” tarkibidagi “BBC Media Action” tashkiloti hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Delegatsiya aʼzolari “BBC”ning 24 soatlik yangiliklar studiyasi, faktlarni tekshirish (fact-checking) bo‘limi, turli televizion dasturlarni tayyorlash jarayoni hamda zamonaviy teleradio uskunalarini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida ommaviy axborot vositalari sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, milliy media sohasiga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish hamda xalqaro axborot maydonida o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish