O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va AQSh davlat kotibi ikki tomonlama kun tartibi va global miqyosdagi eng dolzarb muammolarni muhokama qildi
Fevral 05, 2026. 13:06 • 44 soniya
• 132
TOSHKENT, 5-fevral. /“Dunyo" AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQSh Davlat kotibi Marko Rubio janoblari bilan keng qamrovli va mazmunli muloqot o‘tkazganimizdan mamnunmiz. Unda ikki tomonlama kun tartibigina emas, balki global miqyosdagi eng dolzarb masalalar ham muhokama qilindi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri telegram-kanalida. – Uchrashuvda yaqinda tashkil etilgan Tinchlik kengashi mojarolardan jabr ko‘rgan hududlarda barqarorlik va farovonlikni taʼminlashga xizmat qiluvchi samarali platformaga aylanib borayotgani, millionlab insonlarga yanada xavfsiz va munosib kelajak sari umid bag‘ishlayotgani alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, umumiy chaqiriqlarni hal etish, xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanishni ilgari surish yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga bo‘lgan mushtarak intilishimizni yana bir bor tasdiqladik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
