O‘zbekiston TIV vaziri maslahatchisi YTB raisi bilan uchrashdi
Yanvar 24, 2026. 01:25 • 45 soniya
• 114
ANQARA, 24-yanvar. /“Dunyo” AA/. Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Turkiya Xorijdagi turklar va qardosh xalqlar bo‘yicha boshqarmasi (YTB) raisi Abdulhadi Turus bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot jarayonida Turkiyaning taʼlim diplomatiyasi va yoshlar siyosatidagi tajribasiga urg‘u qaratildi. YTBning taʼlim va madaniy aloqalarni mustahkamlash borasidagi hamkorlik aloqalari alohida taʼkidlandi. Tajriba almashinuvi dasturlarini amalga oshirish taklif etildi.
Uchrashuv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston talabalari uchun Turkiyada yoz va qish o‘quv kurslari (Summer School, Winter School) tashkil etish, “Kotib Ota” dasturi doirasida o‘zbek professor-o‘qituvchilar va davlat xizmatchilari uchun Turkiyada malaka oshirish imkonini yaratish, ustuvor kasb-hunar yo‘nalishlarida turk tajribasini o‘rganish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, o‘zbek talabalari uchun taʼlim grantlari kvotalarini oshirish, yangi yo‘nalishlarni qo‘shish, xususan, texnika, muhandislik, tekstil, qishloq xo‘jaligida grantlar ajratishga kelishib olindi.
Turkiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida “O‘zbek madaniyati kuni”ni hamkorlikda o‘tkazilishi belgilandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
