Logo

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Qozog‘iston elchisi Afg‘onistonni mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik jarayoniga jalb etish istiqbollarini muhokama qildilar

Fevral 04, 2026. 16:57 • 41 soniya

178
O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Qozog‘iston elchisi Afg‘onistonni mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik jarayoniga jalb etish istiqbollarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 4-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Qozog‘iston elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda Afg‘oniston bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati muhokama qilindi. Afg‘on muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Elchi O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiyani shakllantirish yo‘lidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, Afg‘onistonni mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik jarayonlariga jalb etish istiqbollari yuzasidan, xususan, Transafg‘on temir yo‘l loyihasini amalga oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi hamda tomonlar Toshkent va Ostona o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanligini qayd etdi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish