Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Anqarada qator ikki tomonlama tadbirlarda ishtirok etadi

Yanvar 20, 2026. 12:38 • 27 soniya

50
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Anqarada qator ikki tomonlama tadbirlarda ishtirok etadi

TOSHKENT, 20-yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun Anqarada ikki muhim O‘zbekiston–Turkiya tadbirlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov telegram-kanalida maʼlum qilishicha, 20-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan raisligida Qo‘shma strategik rejalashtirish guruhining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Anqarada O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar, ichki ishlar va mudofaa vazirlari, xavfsizlik idoralari rahbarlari ishtirokida “4+4” mexanizmi doirasidagi navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish