Logo

“Kabar” AA: O‘zbekiston 2030-yilgacha 20 million sayyohni qabul qilishni rejalashtirmoqda

Yanvar 20, 2026. 12:02 • 54 soniya

38
“Kabar” AA: O‘zbekiston 2030-yilgacha 20 million sayyohni qabul qilishni rejalashtirmoqda

O‘Sh, 20-yanvar. /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonning “Kabar” milliy axborot agentligi O‘zbekistonning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“O‘zbekiston 2030-yilgacha xorijiy sayyohlar sonini 20 millionga yetkazishni maqsad qilgan” sarlavhali maqolada O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish strategiyasi doirasida ushbu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini hozirgi 3,5 foizdan 7 foizgacha oshirish rejalashtirilgan. Bunga investitsiyalarni faol jalb qilish, turizm xizmatlari sifatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali erishilishi qayd etilgan.

Maqolada, hozirgi vaqtda O‘zbekistonga har yili 11 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurishi, 2030 yilga borib bu ko‘rsatkichni 20 millionga yetkazish ko‘zda tutilgani haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, turizm xizmatlarining yillik eksportini 6 milliard dollarga yetkazish ham maqsad qilingan.

“Turizmni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri infratuzilmani modernizatsiya qilishdir. Xususan, turizm shaharlari o‘rtasida transport qatnovini yaxshilash, ichki aviaqatnovlarni ko‘paytirish hisobiga sayohat vaqtini kamida 3 barobarga qisqartirish rejalashtirilgan”, deya yozadi “Kabar”.

Shu bilan birga, maqola muallifining taʼkidlashicha, O‘zbekistonda turistik yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish

va hududlarning turizm salohiyatidan to‘liq foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish