Saida Mirziyoyeva: Men uchun tinchlik ham, qizlarning taʼlimga bo‘lgan huquqlari ham jamiyatlarning barqarorligi va taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muhim qadriyatlardir”.
Yanvar 20, 2026. 12:42 • 50 soniya
• 56
TOSHKENT, 20-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti hakamlar hayʼati aʼzosi Saida Mirziyoyeva 2026-yilgi mukofot sovrindorlarini tabrikladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofoti hakamlar hayʼatida ishtirok etish va 2026-yilgi mukofot sovrindorlarini chin dildan tabriklash men uchun katta sharaf, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Ozarbayjon Respublikasi bilan Armaniston Respublikasi o‘rtasida erishilgan tinchlik kelishuvi hatto uzoq yillar davom etgan va murakkab nizolarni ham hal etish mumkinligini yaqqol namoyon etdi.
Zarqa Yaftalini alohida taʼkidlashni istayman. Uning qizlarning taʼlim olish huquqini himoya qilish borasidagi ko‘p yillik faoliyati izchil va qatʼiyatli saʼy-harakatlar orqali insonlar taqdiri, butun hamjamiyatlar kelajagini o‘zgartirish mumkinligini ko‘rsatadi.
Men uchun tinchlik ham, qizlarning taʼlimga bo‘lgan huquqlari ham jamiyatlarning barqarorligi va taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muhim qadriyatlardir”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
