O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Tokioda JICA prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi
Sentabr 18, 2026. 09:30 • 55 soniya
• 172
TOSHKENT, 18-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tokio shahrida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti Akixiko Tanaka bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Tokioda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Prezidenti janob Akixiko Tanaka bilan samarali muzokaralar o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat chog‘ida 2030-yilgacha mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi doirasidagi loyihalarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildik.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash hamda taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashdik.
JIC bilan amaliy hamkorligimizni yangi loyihalar va tashabbuslar bilan yana-da boyitishga tayyormiz”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi