Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda Shahzoda Edvard bilan uchrashdi

Fevral 26, 2026. 14:35 • 46 soniya

28
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda Shahzoda Edvard bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda Shahzoda Edvard bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Londonda Shahzoda Edvard bilan uchrashdi

TOSHKENT, 25-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Markaziy Osiyo mamlakatlari rasmiy delegatsiyalari va talabalari bilan birgalikda Londonda Shahzoda Edvard bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Shahzoda Edvard bilan uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari rasmiy delegatsiyalari vakillari hamda Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan talabalar ham ishtirok etdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat jarayonida ikki davlat o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalarni jamiyatga keng tatbiq etish borasida so‘z yuritildi. Talabalar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Tashrif doirasida bu yerda saqlanayotgan noyob qo‘lyozma nusxalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldik. Muloqot davomida Markaziy Osiyo mintaqasining boy madaniy va tarixiy merosi hamda umumiy intellektual boyligini asrash va targ‘ib etish muhimligi taʼkidlandi.

Bu kabi uchrashuvlar o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish