O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ozarbayjon TIV rahbari o‘rinbosarini qabul qildi
Avgust 19, 2026. 16:00 • 2 daq
• 156
TOSHKENT, 19-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Samir Sharifovni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Samir Sharifovni qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi natijalarini olqishladik.
Davlatlarimiz Rahbarlarining o‘zaro faol, do‘stona va ishonchli muloqoti O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining jadal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb kun tartibini atroflicha muhokama qildik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi