O‘zbekiston va Hindiston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog‘ida bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlar jadvalini muhokama qildilar
Iyul 20, 2026. 17:00 • 2 daq
• 200
TOSHKENT, 20-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar janoblari bilan telefon orqali mazmunli muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarimiz barcha jabhalarda rivojlanayotganiga alohida eʼtibor qaratdik.
Shuningdek, oliy va yuqori darajada bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan fikr almashdik.
Tashqi siyosiy idoralarimiz o‘rtasidagi yaqin, ishonchli va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib oldik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi