Ashxoboddagi uchrashuvda Baxtiyor Saidov Turkmaniston Prezidentiga O‘zbekiston Prezidentining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi
Iyul 15, 2026. 09:30 • 2 daq
• 160TOSHKENT, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. Ashxobodda tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdik.
Uchrashuvda O‘zbekiston–Turkmaniston strategik sherikligini jadal rivojlanayotganini qayd etdik. Barcha darajalarda yaqin va samarali aloqalar davom ettirilmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror surʼatda o‘smoqda.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish yo‘lida birgalikdagi saʼy-harakatlarimizni davom ettiramiz”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

