O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari Xalqaro axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi hukumatlararo bitimni hamda 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar

Iyul 15, 2026. 11:30 • 2 daq

131
O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari Xalqaro axborot xavfsizligini taʼminlash sohasidagi hukumatlararo bitimni hamda 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar

TOSHKENT, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. Kecha Ashxobodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bir qator ikki tomonlama hujjatlarni imzoladilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Muzokaralarimiz yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzoladik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Jumladan: O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati o‘rtasida xalqaro axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi.

Imzolangan hujjatlar siyosiy muloqotni yana-da institutsional asosda rivojlantirish, tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda zamonaviy xavfsizlik sohasidagi o‘zaro muvofiqlashuvni mustahkamlashga xizmat qiladi”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish