O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari Ashxoboddagi muzokaralarda ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar
Iyul 15, 2026. 10:30 • 2 daq
• 164TOSHKENT, 15-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov hamda Rashid Meredov kecha Ashxobodda tor doirada muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov janoblari bilan tor doirada muzokaralar o‘tkazishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston–Turkmaniston strategik sherikligini yana-da chuqurlashtirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini taʼminlash hamda siyosiy muloqotni izchil davom ettirish masalalarini atroflicha muhokama qildik.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar va chegaraoldi hamkorligini kengaytirish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan yondashuvlarimizni o‘zaro muvofiqlashtirdik.
Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash bo‘yicha yaqin hamkorligimizni davom ettirishga tayyorligimizni yana bir bor tasdiqladik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



