Logo

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasini imzoladilar

Yanvar 20, 2026. 21:39 • 28 soniya

190
O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasini imzoladilar

TOSHKENT, 20-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bugun Anqarada 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasini imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun O‘zbekiston va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasini imzoladik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV vaziri o‘zining telegram-kanalida. – Ushbu hujjat ikki mamlakat xalqlari uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan jadal hamkorligimizning yo‘l xaritasi bo‘lib xizmat qiladi”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish