Anqarada “4+4” formatida navbatdagi O‘zbekiston-Turkiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Yanvar 21, 2026. 02:35 • 50 soniya
• 200
TOSHKENT, 21-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Anqarada ikki mamlakat tashqi ishlar, ichki ishlar va mudofaa vazirlari, xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar, ichki ishlar va mudofaa vazirlari hamda xavfsizlik xizmatlari rahbarlari ishtirokida “4+4” mexanizmi doirasida uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Hamkasblarimiz bilan birgalikda ikki tomonlama munosabatlarning eng dolzarb mavzulari, mintaqaviy masalalar va global jarayonlarni umumiy kun tartibiga kiritdik. Bugun dunyoda misli ko‘rilmagan burilishlar va jadal o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar tobora ko‘proq sinovlarga duch kelmoqda.
Zamonaviy global voqeliklarni inobatga olgan holda, barqaror rivojlanish va farovonlikni mustahkam xavfsizlik asosida taʼminlashga qaratilgan eng samarali hamkorlik yo‘llarini muhokama qildik. Barchamizni yagona maqsad birlashtiradi — xalqlarimiz hayotini yanada yaxshilash va biz ushbu maqsadga sodiqmiz.
Saʼy-harakatlarimizni samarali muvofiqlashtirish maqsadida yaqin istiqbolga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasini qabul qildik”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
