Logo

Malayziyada Amir Temur va temuriylar davri bo‘yicha izlanish olib borildi

Fevral 24, 2026. 16:52 • 1 daq

26
Malayziyada Amir Temur va temuriylar davri bo‘yicha izlanish olib borildi
Malayziyada Amir Temur va temuriylar davri bo‘yicha izlanish olib borildi
Malayziyada Amir Temur va temuriylar davri bo‘yicha izlanish olib borildi

KUALA-LUMPUR, 24-fevral. /“Dunyo” AA/. Davlatimiz rahbarining “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Malayziyada Amir Temur va temuriylar davriga oid maʼlumotlar to‘plash maqsadida izlanish olib borildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mutaxassislarning izlanishlari natijasida ushbu davlatda Amir Temur yoki temuriylar davriga oid asarlar, ashyoviy buyumlar, xat-yozishmalar va tadqiqot ishlari saqlanayotgani to‘g‘risida maʼlumotlar topilmadi.

Shu bilan birga, Malayziya Islom sanʼati muzeyida XVII-XVIII asrlarga oid Amir Temurning 3 ta kichik hajmdagi miniatyuralari saqlanayotgani aniqlandi. Muzeyning ko‘rgazmalar zalida Amir Temur avlodi bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davriga taalluqli 15 ta miniatura rasmlari namoyish etilmoqda.

Elchixona tomonidan yuqoridagi topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida doimiy targ‘ibot-tashviqot ishlari, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Jumladan, Malayziyaning yirik MARA Texnologiya universitetida (UiTM) professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirokida “O‘zbekistonning boy tarixi: Amir Temur va temuriylar davri”ga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Uchrashuvda ishtirokchilarga o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan, buyuk davlat arbobi hamda ilm-fan va maʼrifat homiysi bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur siymosi va temuriylar davri renessansiga oid ko‘plab maʼlumotlar taqdim etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish