Logo

Ashxoboddagi xalqaro ko‘rgazma va anjumanda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi

Aprel 17, 2026. 08:10 • 2 daq

10
Ashxoboddagi xalqaro ko‘rgazma va anjumanda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Ashxoboddagi xalqaro ko‘rgazma va anjumanda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi
Ashxoboddagi xalqaro ko‘rgazma va anjumanda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi

ASHXOBOD, 17-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan “Turkmentravel – 2026” xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir davomida mamlakatimizning boy sayyohlik imkoniyatlari va sohaviy taʼlim yo‘nalishidagi islohotlari keng namoyish etildi. Ko‘rgazmaning markaziy ekspozitsiyalaridan biriga aylangan O‘zbekiston stendi sohaning yetakchi kompaniyalarini, jumladan, yurtimizning eng jozibador sayyohlik yo‘nalishlari taqdimotini o‘tkazgan “Zukhro Travel” kompaniyasini o‘z ichiga oldi.

O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, madaniy merosi va zamonaviy infratuzilmasi xorijiy ishtirokchilar va mehmonlarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Anʼanaga ko‘ra, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga alohida eʼtibor qaratildi. Ziyorat, madaniy va gastronomik turizm muhokamalarning asosiy yo‘nalishiga aylandi.

Ko‘rgazma doirasida tashkil etilgan konferensiyada Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori Dilmurod Nasimov Markaziy Osiyoda mintaqaviy turizmni rivojlantirish va soha uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalasida qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Uchrashuvlarda oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan qator suhbatlar ham bo‘lib o‘tdi. Xususan, muzokaralar chog‘ida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Turkman davlat madaniyat instituti o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Turkmentravel – 2026” ko‘rgazmasidagi ishtirok O‘zbekistonning mintaqaviy turizm va taʼlim markazi sifatidagi roli tobora ortib borayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish