Polshaning Gdansk shahridagi vatandoshlar bilan uchrashuvda ularni huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

Iyun 18, 2026. 16:30 • 2 daq

34

GDANSK, 18-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari Pomorsk voyevodligida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, Polsha migratsiya qonunchiligi talablariga rioya qilish, mamlakatda qonuniy yashash va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilariga ko‘tarilgan masalalar yuzasidan konsullik-huquqiy jihatlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.

Yurtdoshlarga Polsha qonunchiligiga qat’iy rioya qilish, qalbaki hujjatlardan foydalanmaslik, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda mahalliy urf-odatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

Vatandoshlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarning huquqiy va ma’rifiy savodxonligini oshirish, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik tuyg‘ularini targ‘ib qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida vatandoshlar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, milliy an’ana va madaniy qadriyatlarni asrab-avaylash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish