Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro ko‘rgazmadagi “Made in Uzbekistan” milliy stendi turli davlatlar hukumat rahbarlarida katta qiziqish uyg‘otdi

Iyul 10, 2026. 20:00 • 2 daq

59

YEKATERINBURG, 10-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasi Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan XVI “INNOPROM” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz delegatsiyasiga O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchilik qildi. Delegatsiya tarkibidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ibrohim Ergashev o‘rin oldi.

Ko‘rgazmada “Made in Uzbekistan” milliy stendi tashkil etildi. Ushbu ekspozitsiyani turli davlatlarning hukumat rahbarlari hamda xorijlik ekspertlar ko‘zdan kechirdi.

Xususan, pavilyon ekspozitsiyasi bilan Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko, Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov hamda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, Prezident Administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov yaqindan tanishdi.

“Made in Uzbekistan” stendida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon va geologiya, qurilish materiallari, kimyo va farmatsevtika sanoati, elektrotexnika, avtomobilsozlik, to‘qimachilik hamda charm-poyabzal tarmoqlari mahsulotlari namoyish etildi.

Tashrif doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ibrohim Ergashev boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Sverdlovsk viloyatining meva-sabzavot import qiluvchi yirik korxonalari — “Flagman”, “Soyuz Yevrazii” kompaniyalari hamda mahalliy “Sima-lend” chakana savdo tarmog‘i vakillari bilan uchrashdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish