O‘zbekiston Prezidenti Xitoy Raisiga mamlakatning qator hududlarida yuz bergan yong‘in va suv toshqinlari oqibatida insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Iyul 10, 2026. 19:00 • 2 daq
• 57
TOSHKENT, 10-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi suv toshqinlari hamda Fuszyan provinsiyasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jiddiy jarohat olgani va katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanaliga tayanib.
“Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi”, - deyiladi xabarda.
“Sinxua” axborot agentligi maʼlumotiga ko‘ra, Xitoyning Fuszyan provinsiyasida joylashgan “Huiteng Shoes” poyabzal fabrikasida yuz bergan yong‘in oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan. Shu bilan birga, so‘nggi kunlarda mamlakatning qator hududlarida kuzatilayotgan kuchli yog‘ingarchilik, suv toshqinlari, momaqaldiroq va ko‘chkilar oqibatida butun mamlakat bo‘ylab 36 nafardan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi