Novosibirsk shifokorlari va Samarqand tibbiyot universiteti talabalari o‘rtasida onlayn muloqot tashkil etildi
Noyabr 27, 2026. 15:00 • 2 daq
• 23NOVOSIBIRSK, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulligi tashabbusi bilan Novosibirsk davlat tibbiyot universiteti hamda Samarqand davlat tibbiyot oliygohi talabalari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida Novosibirsk oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari tibbiyot sohasidagi so‘nggi yangiliklar, bolalar salomatligi, bemorlarni qabul qilish va ular bilan suhbatlashish haqida so‘z yuritdi.
Mutaxassislar o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar shifokor va bemor o‘rtasida jonli muloqot o‘rnatish hamda kasallik belgilarini dastlabki bosqichdayoq aniqlashda yordam berishini ta’kidladi.
O‘zbekistonlik talabalar bildirilgan fikr-mulohazalarga qiziqish bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.
Hamkorlikda tashkil etilgan mazkur uchrashuv kutilganidan-da samarali va mazmunli bo‘lgani qayd etildi. Muloqot O‘zbekiston va Novosibirsk tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalariga ikki mamlakatning tibbiyot va ilm-fan sohasidagi so‘nggi yutuqlari bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

