Buyuk Britaniyaning yetakchi banki O‘zbekistondagi yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor

May 13, 2026. 08:55 • 2 daq

22
Buyuk Britaniyaning yetakchi banki O‘zbekistondagi yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor

LONDON, 13-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi vakillari “ICBC Standard Bank”ning rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha global yo‘nalish rahbari Stiven Gardjulo bilan uchrashdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida Stiven Gardjulo “ICBC Standard Bank” 2018-yildan buyon O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilib kelayotganini taʼkidladi. Uning aytishicha, bank mamlakat bilan moliya sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga qiziqish bildirmoqda. Jumladan, milliy va xorijiy valyutalarda moliyalashtirish, shuningdek, yevrobondlarni joylashtirish bo‘yicha yangi taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki tomon infratuzilma, energetika va texnologiyalar sohalarida tajriba almashish hamda hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Bu yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi. Stiven Gardjulo shu yil iyun oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish niyati borligini ham maʼlum qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish