O‘zbekistonning bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha tajribasi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etildi

Iyun 10, 2026. 19:00 • 2 daq

36
O‘zbekistonning bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha tajribasi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etildi
O‘zbekistonning bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha tajribasi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etildi
O‘zbekistonning bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha tajribasi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etildi
O‘zbekistonning bolalar mehnatiga barham berish bo‘yicha tajribasi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etildi

JЕNЕVA, 10-iyunya. /«Dunyo» AA/. Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 114-sessiyasi doirasida 12-iyun – Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Bolalar mehnatiga qizil kartochka: Marokashdan amaliy harakatlargacha” mavzusida xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda bolalar mehnatini tugatish, ularning huquqlarini ta’minlash, munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etish hamda ushbu yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etgan 187 ta davlat orasida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan mehnat, ijtimoiy himoya va ta’lim sohalarida amalga oshirilgan islohotlar natijalari taqdim etildi. Mamlakatimizda bolalar mehnatining deyarli to‘liq bartaraf etilgani, bu natija davlat siyosati, kuchli ijtimoiy himoya tizimi va xalqaro hamkorlik samarasi sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etildi.

Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi Tanzila Narbayeva o‘z so‘zida bolalar mehnatiga barham berish faqat huquqiy taqiqlar bilan emas, balki uni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarni – qashshoqlik, ijtimoiy himoyaga muhtojlikni bartaraf etish, shuningdek, sifatli ta’lim va munosib mehnat imkoniyatlarini kengaytirish orqali erishish mumkinligini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, mamlakat rahbariyatining qat’iy siyosiy irodasi, izchil islohotlar va samarali xalqaro hamkorlik natijasida O‘zbekistonda bolalar mehnatiga amalda barham berilgani hamda uning qayta yuzaga kelishining oldini oluvchi barqaror mexanizmlar shakllantirilgan.

Shuningdek, mazkur natijalarga erishishda Xalqaro mehnat tashkiloti, ish beruvchilar va kasaba uyushmalari tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik muhim ahamiyat kasb etgani, XMTning tavsiyalari izchil amalga oshirilgani qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilari bugungi kunda mojarolar, migratsiya jarayonlari, iqlim o‘zgarishi va norasmiy bandlik kabi omillar bolalar mehnati xavfini kuchaytirib borayotganiga e’tibor qaratdi.

Shu munosabat bilan ular Marokash global harakatlar dasturining ahamiyatini alohida ta’kidlab, bolalar mehnatini tugatish yo‘lida amaliy qadamlarni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish