O‘zbekiston Senati raisi Jenevada XMT bosh direktorining kotibiyati rahbari bilan uchrashdi
Iyun 10, 2026. 10:00 • 2 daq
• 132
JЕNЕVA, 10-iyunya. /«Dunyo» AA/. Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining 114-sessiyasi doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) bosh direktorining kotibiyati rahbari Beate Andres bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini takomillashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini mustahkamlash hamda munosib mehnat tamoyillarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga e’tibor qaratildi.
Beate Andres mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Xalqaro mehnat tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma dastur va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.
Xalqaro mehnat standartlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, suhbat davomida joriy yilning 4–6-sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladigan 12-Global yosh parlament a’zolari konferensiyasiga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. MOT mazkur nufuzli xalqaro anjumanning tashkil etilishiga ko‘maklashish hamda tashkilot vakillarining unda qatnashishidan manfaatdor ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi