JCH-2026: FIFA muxlislarga 79 dollar evaziga o‘z ismini stadion ekranlarida ko‘rsatishni taklif qilmoqda

Iyun 10, 2026. 18:30 • 2 daq

35
JCH-2026: FIFA muxlislarga 79 dollar evaziga o‘z ismini stadion ekranlarida ko‘rsatishni taklif qilmoqda

TOSHKЕNT, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati vaqtida FIFA muxlislar uchun 79 dollar evaziga o‘z ismini stadion ekranlarida ko‘rsatish imkonini beruvchi “Super Shoutout” nomli yangi xizmatni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kazinform” xalqaro axborot agentligiga tayanib.

“Alohida e’tirof” ma’nosini anglatuvchi ushbu xizmat AQSH, Meksika va Kanadadagi 16 ta stadionda bo‘lib o‘tadigan guruh bosqichi o‘yinlarining barcha (72 ta)sida amal qiladi. Muxlislarning ismlari jamoalarning o‘yindan oldingi chigalyozdi mashg‘ulotlari vaqtida tablo orqali namoyish etiladi.

Xabarlar 30 ta belgidan oshmasligi va smayliklarni o‘z ichiga olmasligi kerak. FIFAning bayonotiga ko‘ra, ushbu tashabbus muxlislarning turnirga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan.

Biroq, bu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda salbiy munosabat uyg‘otdi. Foydalanuvchilar ushbu xizmatni tanqid qilib, bu FIFAning media huquqlar, homiylik shartnomalari va chiptalar savdosidan oladigan ulkan daromadlariga qaramay, qo‘shimcha pul ishlash uchun qilgan navbatdagi urinishi ekanini ta’kidladi.

“ABC News” telekanali surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish