TIVda Mo‘g‘uliston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Iyun 10, 2026. 19:30 • 54 soniya
• 9
TOSHKЕNT, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov bugun Mo‘g‘uliston elchisi Daadanxuu Batbaatar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston keng qamrovli sheriklik munosabatlarining bugungi kun tartibidagi dolzarb mavzulari muhokama qilindi.
Jumladan, siyosiy hamkorlikning yuqori darajasi qayd etildi, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar 2026-yilda turli darajadagi tashrif va muloqotlar rejalashtirilganini mamnuniyat bilan qayd etib, oldinda turgan vazifalar bo‘yicha yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi