Falastin O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Yanvar 14, 2026. 19:45 • 37 soniya
• 121
TOSHKENT, 14-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Falastinning yangi elchisi Vaill Ahmed Battrexini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”AA muxbiri.
“Falastinning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Vaill Ahmed Battrexi janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. - O‘zbekiston-Falastin munosabatlarini ikki va ko‘p tomonlama formatlarda rivojlantirish masalalarini muhokama qildik. Davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlashga kelishdik.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi elchi janoblarini mamlakatimizdagi faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyor”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Falastin o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil 25-sentyabrda o‘rnatilgan.
Vaill Ahmed Battrexi 2023-2025-yillarda Falastinning O‘zbekistondagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Javad Muhammad Avad o‘rnini egalladi.
“Dunyo”AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi