Logo

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamalari Pokiston OAV diqqat markazida

Yanvar 14, 2026. 16:50 • 2 daq

58
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamalari Pokiston OAV diqqat markazida
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamalari Pokiston OAV diqqat markazida
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamalari Pokiston OAV diqqat markazida

ISLOMOBOD, 15-yanvar. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “Daily Independent”, “The World News”, “News Network Pakistan” va “Global News Pakistan” nashrlarida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamalariga bag‘ishlangan maqolalar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolalarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda yangilanayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tgani xabar qilingan.

“Muhokamalarda O‘zbekiston Prezidenti Murojaatnomasida ilgari surilgan vazifalar, xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirish masalasi haqida fikr almashilgan. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida amaldagi strategiyada belgilangan vazifalar ko‘lami, bajarilgan ishlar, erishilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda uni takomillashtirish yuzasida taklif va tashabbuslar bildirilgan”, – deya qayd yozilgan materiallarda.

Taʼkidlanganidek, 2023-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakat taraqqiyotida sifat jihatdan yangi bosqichni boshlab bergan muhim strategik hujjat hisoblanadi. Unda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq ravishda inson qadrini yuksaltirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va xalq xizmatiga yo‘naltirilgan davlatni barpo etish asosiy ustuvor maqsadlar sifatida belgilandi.

Pokiston OAV yozganidek, strategiyani amalga oshirishning dastlabki bosqichida to‘plangan amaliy tajriba shuni ko‘rsatdiki, ayrim maqsad va vazifalarni yana-da aniqlashtirish, ularni yillar kesimida rejalashtirish, moliyalashtirish manbalari hamda ijro uchun masʼuliyatni ochiq belgilash zarurati mavjud. Jamoatchilik muhokamalari, hududlardan kelib tushgan takliflar va ijro jarayonida aniqlangan omillar strategiyani takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi.

“Takomillashtirilayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi amaldagi hujjatning mantiqiy davomi bo‘lib, uning mazmunan va usluban yangi bosqichini ifoda etadi. Eng avvalo, strategik yondashuvdagi asosiy farqqa eʼtibor qaratmoq lozim. Amaldagi strategiyada asosiy maqsadlar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan bo‘lsa, takomillashayotgan tahrirda har bir maqsad aniq yillik indikatorlar bilan bog‘langan” – deb urg‘ulangan maqolalarda. 

Shuningdek, nashrlarda amaldagi strategiyada taʼlim va sog‘liqni saqlash tizimlarida qamrovni kengaytirish asosiy vazifa sifatida belgilangan bo‘lsa, takomillashayotgan strategiyada sifat, muhit va natija birinchi o‘ringa chiqarilgani maʼlum qilingan.

“Yangilanayotgan strategiyada maktabgacha taʼlimda bolalarni qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish bilan birga, barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarini toza ichimlik suvi hamda zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan 100 foiz taʼminlash aniq maqsad sifatida belgilanmoqda. Bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish ham yilma-yil ko‘rsatkichlar orqali taʼminlanmoqda”, – deyilgan manbalarda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish