Logo

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Latviya elchisi Afg‘oniston kontekstida savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

Yanvar 14, 2026. 16:34 • 28 soniya

84
O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Latviya elchisi Afg‘oniston kontekstida savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 14-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Latviya elchisi Girts Yaunzems bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek, Afg‘oniston kontekstida savdo-iqtisodiy, transport-logistika hamda madaniy-gumanitar o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Girts Yaunzems ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga umid bildirdi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish