Logo

O‘zbekiston–Britaniya parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

May 03, 2026. 11:00 • 2 daq

413
O‘zbekiston–Britaniya parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

LONDON, 3-may. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniya va O‘zbekiston parlamentlari do‘stlik guruhlari o‘rtasida onlayn-uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Parlamentlararo muloqotni izchil rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, taʼlim, fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi siyosiy muloqot barqaror va izchil rivojlanib, o‘zaro hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Suhbat chog‘ida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. “Yashil” iqtisodiyot, muhim minerallar, raqamli texnologiyalar, moliyaviy xizmatlar va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar parlamentlararo muloqotni faollashtirish ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish