Bursada O‘zbekiston va Turkiya yoshlari Temuriylar merosiga bag‘ishlangan ilmiy tanlovlar va intellektual o‘yinlarda ishtirok etdi
May 09, 2026. 14:00 • 2 daq
• 48BURSA, 9-may. /“Dunyo” AA/. Turkiyaning Bursa shahrida Sohibqiron Amir Temurning boy tarixiy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda o‘zbek diasporasi vakillari, “Turkiya–O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Osman Mesten, Bursa viloyati ma’muriyati rahbariyati, ekspertlar va talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Amir Temurning davlatchilik, ilm-fan, madaniyat va xalqaro aloqalar rivojiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar tinglandi va taqdimotlar namoyish etildi. Shuningdek, temuriylar davrini o‘rganishga doir zamonaviy tadqiqotlar va yangicha yondashuvlar muhokama qilindi.
Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan ilmiy ma’ruzalar tanlovi va intellektual o‘yinlar ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Qatnashchilar o‘zlarining yuqori darajadagi tayyorgarligi, tahliliy tafakkuri va milliy tarixga qiziqishini namoyon etdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar taqdim etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi







