Logo

“Lochin” bort jurnali: Buxoro - islom sivilizatsiyasi durdonasi

Dekabr 17, 2025. 15:47 • 2 daq

280
“Lochin” bort jurnali: Buxoro - islom sivilizatsiyasi durdonasi

ASHXOBOD, 22-dekabr. /“Dunyo” AA/. “Turkmenistan Airlines” milliy aviakompaniyasining “Lochin” bort jurnalida Buxoro shahriga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Buxoro - islom sivilizatsiyasi durdonasi” sarlavhasi ostidagi maqolada shaharning islom ilm-fani va maʼnaviy anʼanalari shakllanishidagi o‘rni, boy intellektual merosi va noyob meʼmoriy yodgorliklari haqida so‘z boradi. Materialda Buxoroning islom sivilizatsiyasining yirik tarixiy markazlaridan biri sifatidagi ahamiyati Imom al-Buxoriy va Bahouddin Naqshband kabi buyuk mutafakkir va maʼnaviy arboblarning nomlari bilan bog‘liqligi taʼkidlanadi. Shuningdek, maqolada Buxoroning asrlar davomida shakllangan umuminsoniy qadriyatlari alohida yoritib o‘tiladi.

“Buxoro nafaqat O‘zbekiston madaniy merosining bir qismi, balki musulmon dunyosining umumiy maʼnaviy boyligi sifatida ham qaraladi”, - deya yozadi nashr.

Turkmaniston aviakompaniyasining bort jurnalida ushbu maqolaning chop etilishi umumiy tarix va o‘xshash maʼnaviy anʼanalarga asoslangan ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va madaniy yaqinlikning amaliy natijasi sifatida baholanadi. Madaniy diplomatiyaning rivojlanishi sharoitida o‘zaro aloqalarning bunday shakllari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Turkmenistan Airlines” aviakompaniyasi Markaziy Osiyoning yetakchi aviatashuvchilaridan biri bo‘lib, uning “Lochin” bort jurnali mahalliy va xalqaro reyslarda yo‘lovchilarning keng auditoriyasini qamrab oladi.

Ekspertlarning fikricha, tarixiy shaharlar va madaniy merosni ommalashtirish uchun aviatsiya media maydonchalaridan foydalanish mintaqa mamlakatlari o‘rtasida sayyohlik aloqalari va gumanitar muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish