Logo

Pokiston matbuoti: O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan diplomatlar davri keldi

Yanvar 18, 2026. 09:00 • 3 daq

99
Pokiston matbuoti: O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan diplomatlar davri keldi
Pokiston matbuoti: O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan diplomatlar davri keldi
Pokiston matbuoti: O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan diplomatlar davri keldi
Pokiston matbuoti: O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan diplomatlar davri keldi
Pokiston matbuoti: O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan diplomatlar davri keldi
Pokiston matbuoti: O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan diplomatlar davri keldi
Pokiston matbuoti: O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan diplomatlar davri keldi

ISLOMOBOD, 18-yanvar. /“Dunyo” AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishini keng yoritmoqda, deb xabar qiladi “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, ushbu mamlakatning markaziy “Associated Press of Pakistan” (APP) axborot agentligi, “Daily Islamabad Post” va “Daily Ittehad” gazetalari, “Daily Sub News”, “Sub News English”, “The Europe Today”, “Media Online Today”, “Margalla Tribune”, “Times Of Sentral Asia”, “Daily Independent”, “News Network Pakistan” va boshqa yetakchi elektron nashrlarida mazkur yig‘ilishga bag‘ishlangan maqolalar eʼlon qilindi.

Pokiston OAV yozganidek, yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Prezidenti jahonda keskin geosiyosiy o‘zgarishlar bo‘layotgan, davlatlar suverenitetiga xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan murakkab bir paytda o‘tayotganini qayd etdi. Bunday sharoitda tashqi siyosat sohasidagi faoliyatni tanqidiy muhokama qilib, Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar ishini yangicha tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi.

“Davlat rahbari tashqi siyosat borasida 2025-yil ko‘p jihatdan natijador bo‘lganini bildirdi. Maʼlum qilinishicha, o‘tgan yili 26 ta xorijiy davlatga oliy darajadagi tashriflar amalga oshirilgan, yangi tarixida ilk bor qator davlatlar rahbarlarining O‘zbekistonga tashriflari tashkil etilgan. “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi ko‘p tomonlama muloqotlar sermahsul bo‘ldi. So‘nggi yillarda 11 ta davlat bilan strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 19 taga yetdi, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Tojikiston bilan ittifoqchilik munosabatlari yo‘lga qo‘yildi”, – deyilgan materiallarda.

Taʼkidlanganidek, 2017-yildan buyon xorijiy davlatlarda 16 ta yangi diplomatik va konsullik vakolatxonalari ochilib, ularning soni 60 taga, diplomatik aloqa o‘rnatilgan davlatlar soni esa 165 taga yetdi. Elchixonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar shtatlari hamda Tashqi ishlar vazirligi xodimlarining ish haqi oshirilgan.

O‘zbekiston yetakchisi “Barcha diplomatik vakolatxonalar mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanyaptimi?”, degan masala o‘rtaga qo‘ydi. Iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish orqali eksport va investitsiya hajmini oshirish zarurligini taʼkidladi.

«Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar doirasida 2025-yilda umumiy qiymati 160 milliard dollarlik investitsiya loyihalari va savdo shartnomalari bo‘yicha bitimlar imzolanganiga eʼtibor qaratildi. Tarixda ilk bor tashqi savdo aylanmasi 80 milliard dollardan oshib, eksport 33,5 milliard dollarga, xorijiy investitsiyalar esa 43 milliard dollardan oshgani qayd etildi. O‘tgan yili O‘zbekistonning 75 ta davlatga eksport hajmi qariyb 4,5 milliard dollarga ko‘paydi», –deyilgan manbalarda.

Materiallarda yozilganidek, yangi eksport yo‘nalishi sifatida Afrika qitʼasi bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi. Shu maqsadda tegishli vazirliklar va elchilar ishtirokida aniq “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish topshirildi. Elchilar loyiha topish, uni olib kelib, ishga tushirishdan manfaatdor bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Aniq investitsiya yoki eksport loyihasini yakuniga yetkazgan elchilarni moddiy rag‘batlantirish amaliyoti joriy etilishi belgilandi.

“Navbatdagi ustuvor vazifa sifatida O‘zbekiston fuqarolarini xorijda qonuniy va yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan taʼminlash belgilandi. Tartibli mehnat migratsiyasining geografiyasi kengayib borayotgani, lekin ayrim mamlakatlarda bu yo‘nalishda ish yetarli darajada tashkil etilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi va elchilarga tegishli topshiriqlar berildi. Elchixonalar va konsulliklar fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishda faol bo‘lishi, har bir holat bo‘yicha malakali yuridik yordam ko‘rsatishi shartligi taʼkidlandi. “Kabinet diplomatiyasi”dan voz kechib, joylarda ishlash, vatandoshlar bilan bevosita muloqot qilish vazifasi qo‘yildi”, – deya taʼkidlagan Pokiston OAV.

Nashrlarda, shuningdek, turizm sohasida elchilarning rolini yanada kuchaytirib, turizm va madaniyat bo‘yicha ishlarga yangi yondashuv joriy etish, vizasiz rejimlardan samarali foydalanish, xalqaro autsorsing kompaniyalarni jalb etish zarurligi qayd etilgani ham urg‘ulangan. Shuningdek, diplomatlarning xizmatlarini munosib eʼtirof etish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan diplomat” faxriy unvonini taʼsis etish taklif etildi.

“Endi yangicha ruhda ishlaydigan, aniq natijalarga erishayotgan, O‘zbekiston manfaatlarini xalqaro miqyosda qatʼiy himoya qiladigan diplomatlar davri keldi”, – deya O‘zbekiston Prezidentining yig‘ilish yakunida so‘zlari iqtibos o‘rnida keltirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish