“Rzeczpospolita” gazetasi: O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun keng imkoniyat yaratishda davom etmoqda
Iyun 28, 2026. 11:00 • 2 daq
• 135
VARSHAVA, 28-iyun. /“Dunyo” AA/. Polshaning “Rzeczpospolita” gazetasida V Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda respublika xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlarni izchil mustahkamlayotgani, kapital bozorini rivojlantirayotgani va mamlakatning sarmoyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy moliyaviy vositalarni joriy etayotgani yoritilgan.
Shuningdek, maqolada ingliz umumiy huquqi tamoyillariga asoslangan maxsus huquqiy rejimga ega Toshkent xalqaro moliya markazi hamda xorijiy sudyalar va ekspertlar ishtirokida Xalqaro tijorat sudini tashkil etish rejalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Bundan tashqari, materialda keng ko‘lamli xususiylashtirish dasturi hamda xorijiy sarmoya oqimini rag‘batlantirishga mo‘ljallangan boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani haqida yozilgan.
“Rzeczpospolita” nashrining qayd etishicha, O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2017-yildagi 3,3 milliard dollardan 2025-yilga borib 43,1 milliard dollarga yetgan. Ayni vaqtda mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorijiy investorlar soni ham sezilarli darajada oshgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi