Polsha kompaniyasi O‘zbekistonda makaron ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Iyun 12, 2026. 17:00 • 51 soniya
• 2VARSHAVA, 12-iyun. /“Dunyo” AA/. Polshaning “Makarony Babuni” kompaniyasi rahbari Richard Kachorovskiy boshchiligidagi biznes-missiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Dastur doirasida delegatsiya Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiy hamkorlik milliy assotsiatsiyasi, Jizzax viloyati hokimligi, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi vakillari va o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Shuningdek, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tayyor infratuzilmaga ega sanoat maydonlari ko‘zdan kechirildi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha mamlakatimizda makaron mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish, funksional yodlangan unni Polshaga eksport qilish hamda kompaniyaning Polshadagi korxonalariga O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qilish yuzasidan kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




