Polshadan Andijondagi texnikumga zamonaviy AKT jihozlari tuhfa qilindi
Noyabr 09, 2026. 09:00 • 2 daq
• 30VARSHAVA, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. Xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish, malakali kadrlar tayyorlash hamda kasbiy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Andijon shahridagi 7-son texnikumga beg‘araz homiylik yordami ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur xayriya loyihasi O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi tashabbusi bilan ushbu davlatdagi “Varsovia” biznes va amaliy fanlar universiteti rahbariyati hamkorligida amalga oshirildi.
Polsha tomonidan Andijondagi texnikumning ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish doirasida muassasaga 1 ta interaktiv doska va 15 ta kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.
Ushbu zamonaviy jihozlar o‘quv jarayonini raqamlashtirish, darslarni interaktiv shaklda tashkil etish hamda o‘quvchilarning axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur hamkorlik kasbiy ta’lim sifatini yaxshilash, Yevropa standartlari asosida malakali mutaxassislar tayyorlash va yoshlarning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


