O‘zbekiston elchisi Belarus DBQ rahbari bilan tovar aylanmasini jadallashtirish chora-tadbirlarini muhokama qildi

Avgust 07, 2026. 14:30 • 2 daq

91
O‘zbekiston elchisi Belarus DBQ rahbari bilan tovar aylanmasini jadallashtirish chora-tadbirlarini muhokama qildi

MINSK, 7-avgust. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Nuriddin Mamajonov Belarus Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Vladimir Orlovskiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida o‘zaro tovar aylanmasini ikki baravarga oshirish hamda amaldagi sanksiya cheklovlari sharoitida chegaralarda yuklar ushlanib qolishining oldini olish maqsadida tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bojxona tartib-qoidalarini raqamlashtirish hamda Belarus hukumati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash elektron tizimlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi Bitim qoidalariga muvofiq maʼlumotlarning avtomatik almashinuviga o‘tish muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar, shuningdek, Belarus bojxona postlarida qo‘shma ishlarni tashkil etish va yuzaga kelayotgan masalalarni tezkorlik bilan hal etish masalalarini ko‘rib chiqdilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi so‘rovlarini ko‘rib chiqish va ijro etishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish