Logo

O‘zbekiston elchisi Turkmaniston betarafligining 30 yilligi yubiley medali bilan taqdirlandi

Dekabr 29, 2025. 12:27 • 54 soniya

80
O‘zbekiston elchisi Turkmaniston betarafligining 30 yilligi yubiley medali bilan taqdirlandi
O‘zbekiston elchisi Turkmaniston betarafligining 30 yilligi yubiley medali bilan taqdirlandi

ASHXOBOD, 29-dekabr. /“Dunyo” AA/. Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston elchisi Ravshanbek Alimovni “Turkmaniston betarafligining 30 yilligi” yubiley medali hamda esdalik kumush nishoni bilan taqdirladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Turkmenistan segodnya” davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, taqdirlash marosimi poytaxtdagi “Mekan” saroyida “Xalqaro tinchlik va ishonch yili: betaraf Turkmanistonning ishonchli qadamlari” tadbiri doirasida bo‘lib o‘tdi.

Mukofotlar Turkmaniston mustaqilligi va doimiy betaraflik maqomini mustahkamlashdagi katta xizmatlari, xalqaro tinchlik va ishonch siyosatini qo‘llab-quvvatlash va ilgari surishga qo‘shgan hissasi hamda mamlakatning doimiy betaraflik maqomini olganining 30 yilligi munosabati bilan topshirildi.

Davlatimiz rahbari boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarning qator diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini ham mukofotladi. Ular orasida AQSH, Rossiya, Germaniya, Eron, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkiya, Yaponiya va Janubiy Koreya diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, YUNISEF vakili va Osiyo taraqqiyot bankining Turkmanistondagi vakolatxonasi rahbari bor.

“Diplomatlar ko‘p yillik halol mehnati, samarali faoliyati va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga, ilm-fan, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalardagi dasturlarni amalga oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun taqdirlandi”, –deb yozilgan nashrda.

“Turkmenportal” fotosi

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish