Logo

O‘zbekiston va Polsha nufuzli kompaniyalari AKT sohasida hamkorlik o‘rnatadi

Dekabr 18, 2025. 10:28 • 2 daq

326
O‘zbekiston va Polsha nufuzli kompaniyalari AKT sohasida hamkorlik o‘rnatadi

VARSHAVA, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxojayev raqamli diplomatiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Polsha raqamlashtirish vaziri o‘rinbosari Rafal Rosinski bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida Polsha tomoni O‘zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim va istiqbolli sherik sifatida yuqori baholab, O‘zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish, elektron hukumatni rivojlantirish hamda AKT sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni alohida eʼtirof etdi.

Muloqot davomida Polsha milliy kiberxavfsizlik agentligi (NASK) va “O‘zbekiston kiberxavfsizlik markazi” DUK o‘rtasida kiberxavfsizlik sohasida institutsional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Tomonlar kiberxatarlarning oldini olish, mutaxassis tayyorlash va ularning bilimini boyitish hamda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolash masalasini ko‘rib chiqdi.

Davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasida o‘zaro yechimlarni taqdim etish, tajriba almashish hamda qo‘shma seminar-treninglar o‘tkazish maqsadida Polshaning “mObywatel” (raqamli hukumat) platformasi bilan O‘zbekistonning “my.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portali o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.

AKT infratuzilmani rivojlantirish, sunʼiy intellekt, raqamli diplomatiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli hamyonlarni joriy etish va davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish yo‘nalishida fikr-mulohaza almashildi. Oliy taʼlim muassasalari olim va tadqiqotchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

IT Park Uzbekistan Polsha startaplari va IT-kompaniyalari uchun jozibador va qulay maydon sifatida alohida eʼtirof etildi.

Shu kontekstda, “La French Tech Warsaw” bilan hamkorlikda 2026-yilda Polshada “Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbirini tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish