Misr bilan AKT sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi
Dekabr 18, 2025. 16:27 • 2 daq
• 351
QOHIRA, 21-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi turizm brendi elchisini tayinlash marosimi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi – IT-Parkning ishchi guruhi aʼzolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda ishchi guruhning shu yil 7–12-dekabr kunlari Qohiraga amaliy safari natijalari va erishilgan kelishuvlar muhokama etildi.
Taʼkidlanishicha, IT-Parkda Misrdagi turdosh kompaniyalar bilan hamkorlik boshlang‘ich bosqichda bo‘lib, ushbu davlat kapitali ishtirokida dastlabki istiqbolli loyihalar shakllanmoqda. Ayni paytda IT-Parkda Misrning yagona rezidenti sifatida “NEN FOR INFORMATION TECH” kompaniyasi faoliyat yuritmoqda. Korxona arabcha RTL yo‘nalishlari uchun eExam litsenziyasi hamda “AI monitoring” xizmatlarini ko‘rsatib, jami 15 nafar xodimni ish bilan taʼminlagan.
Qohiraga amaliy safar chog‘ida “F6Ventures”, “EgyRobo”, “V.Connct”, “ACT International”, “Plug and Play Egypt” kabi 10 dan ziyod yetakchi kompaniyalar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va faollashtirishga qaratilgan aniq rejalar belgilab olindi.
Hozirda Misrdan 10 ta yangi kompaniyaning O‘zbekistonda faoliyat boshlashi, 250 ta yangi ish o‘rni yaratilishi va yillik IT va BPO eksport hajmini 2 million dollarga yetkazish choralari ishlab chiqilmoqda. Shu bois, yaqin 2 yil ichida Misr IT-eksportning eng strategik va tez rivojlanayotgan bozorlaridan biriga aylanishi taxmin qilinmoqda.
Elchixonada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelgusida O‘zbekiston va Misr o‘rtasida AKT sohasidagi aloqalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi