Logo

Mushkul vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz vatanga qaytarildi

Dekabr 29, 2025. 12:42 • 33 soniya

8
Mushkul vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz vatanga qaytarildi

VARSHAVA, 29-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasiga Qashqadaryoda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi mushkul ahvolga tushib qolgani sababli vaqtincha yotoq joy va vatanga qaytishida yordam so‘rab murojaat qilgan, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Elchixona xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda murojaatchidan ariza qabul qilinib, yotoq joy bilan taʼminlangan.

Xalqaro migratsiya tashkiloti ko‘magida unga aviachipta rasmiylashtirilgan hamda uning vatanimizga xavfsiz tarzda qaytishi taʼminlandi.

Ushbu chora-tadbirlar Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatida fuqarolar manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyatga ega ekanining yana bir bor tasdig‘idir.

Yurtimizning hech bir fuqarosi eʼtiboran chetda qolmaydi va Vataniga yetib olishi uchun barcha tegishli choralar ko‘riladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish