Logo

O‘zbekiston va Germaniya kasbiy taʼlim va migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Dekabr 23, 2025. 08:15 • 2 daq

284
O‘zbekiston va Germaniya kasbiy taʼlim va migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Germaniya kasbiy taʼlim va migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Germaniya kasbiy taʼlim va migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Germaniya kasbiy taʼlim va migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Germaniya kasbiy taʼlim va migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Germaniya kasbiy taʼlim va migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytiradi

DREZDEN, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning Saksoniya federal yeri poytaxti Drezden shahrida bo‘lib o‘tgan “bsw-Forum: Fachkräfte” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida taʼlim va mehnat bozori sohalaridagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Saksoniya federal yeri bosh vaziri Mixael Krechmer, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining maslahatchisi Jamil Maksudi, ikki mamlakatning yirik biznes tuzilmalari, taʼlim muassasalari va sanoat korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Saksoniya federal o‘lkasi bosh vaziri Mixael Krechmer ikki tomonlama aloqalarni aynan kadrlar tayyorlash yo‘nalishida mustahkamlashning strategik ahamiyati xususida to‘xtaldi. Bosh vazirning taʼkidlashicha, xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash – bugungi kunda Saksoniya iqtisodiyotida kuzatilayotgan ishchi kuchi yetishmovchiligini hal etishning eng samarali yo‘lidir. Ayni paytda bu o‘zbekistonlik yoshlar uchun jozibali kasb va karyera imkoniyatlarini taqdim etadi. Federal o‘lka hukumati mutaxassislarni tayyorlash jarayonida moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga va Sanoat va savdo palatasi (IHK) orqali O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor.

O‘z navbatida, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Axatov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda, xususan, taʼlim va mehnat migratsiyasi yo‘nalishida izchil rivojlanayotganini qayd etdi. Diplomat o‘z nutqida dual taʼlim tizimini joriy etish va malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalarning istiqbollariga alohida urg‘u berdi.

Forum davomida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatimizda kasbiy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarni xalqaro mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash, taʼlim sifatini oshirishda xususiy sektorning roli haqida taqdimot o‘tkazildi.

Tadbirning eng muhim natijalaridan biri sifatida Saksoniya iqtisodiyoti taʼlim markazi (bsw) va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida “CORE” — “Imkoniyatlar, islohotlar va salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan mazkur loyiha Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi ko‘magida hayotga tatbiq etiladi.

Loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlarda, yaʼni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining institutsional salohiyatini oshirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ayollar tadbirkorligini rag‘batlantirish, eksportbop xizmatlar va raqamli yechimlarni joriy etish, dual taʼlim asosida malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish bo‘yicha hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.

“bsw” tashkiloti rahbariyati ushbu loyihaning muvaffaqiyatli boshlanishida O‘zbekiston elchixonasining faol ishtiroki va tizimli ko‘magini yuqori baholadi.

Tashrif yakunlari bo‘yicha loyihani amalga oshirish yuzasidan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Unda B2B formatidagi onlayn platformalarni rivojlantirish va biznes vakillari uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari belgilab olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish