O‘zbekiston elchisi va Qorachay-Cherkasiya rahbari hududlararo hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi
Noyabr 24, 2026. 11:30 • 45 soniya
• 98
CHERKESSK, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Qorachoy-Cherkas Respublikasiga amaliy tashrifi davomida hudud rahbari Rashid Temrezov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tomonlar hududlararo savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqdi.
Rashid Temrezov mazkur tashrifni har tomonlama hamkorlik, avvalo, kelgusidagi madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochuvchi muhim voqea deb atadi.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim va madaniyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi