Serbiya va Vengriya kompaniyalari “Yangi Toshkent” loyihasiga qiziqish bildirmoqda
Noyabr 24, 2026. 17:30 • 2 daq
• 208
BUDAPЕSHT, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. “Yangi Toshkent” direksiyasi tashabbusi bilan Serbiyaning “MK Group” va Vengriyaning “Biggeorge Property” kompaniyalari ishtirokida onlayn muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Direksiya vakillari Yangi Toshkentni rivojlantirish rejasi, infratuzilmaning bosqichma-bosqich qurilishi va xorijiy investorlarning loyihada ishtirok etish shakllari haqida ma’lumot berdi.
“MK Group” kompaniyasi xodimlari loyihada ishtirok etish shartlari, jumladan, yer maydonlarini o‘zlashtirish, davlat-xususiy sheriklik va boshqa investitsiya mexanizmlarini muhokama qildi. “Biggeorge Property” vakillari esa xususiy xaridorlarga sotish maqsadida uy-joylar qurishga qiziqish bildirdi hamda o‘zbekistonlik hamkor bilan qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuvlar chog‘ida tomonlar axborot almashishni davom ettirish va hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqishga kelishib oldi. 2027-yil boshida kompaniyalar vakillari bilan navbatdagi muzokaralarni O‘zbekistonda o‘tkazish rejalashtirilgan.
Elchixona diplomatlari “Yangi Toshkent” loyihasi bo‘yicha shu yil dekabr oyida ham Belgrad va Budapeshtda ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida turli uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgani haqida ma’lumot berdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi